Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida"gi qaroriga binoan “O'zbekenergo” AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshirilganligini ma’lum qildi.

16 noyabrdan maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt-s elektr energiyasi narxi 228,6 so‘mdan 250 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 280 so‘mga oshiriladi.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda 1 kVt-s elektr energiyasi narxi 16 noyabrdan 114,3 so’mdan 125 so‘mga oshirilib, 1 iyundan esa 140 so‘mni tashkil etadi.

Prezident 23 oktyabr kuni elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo’yicha hujjatni imzoladi.

1 yanvardan Yunusobod tumanida aholi uchun gaz va elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorlari o‘rnatiladi.