Yandeks.Pullar InfinBank orqali O’zbekistondagi hamyonlarni InfinBank orqali identifikatsiyalashni boshlagan edi. Yandeks.Pullar elektron hamyonlari anonim, nomlangan va identifikatsiyalangan bo’ladi. Elektron hamyondagi limit va cheklovlar statusga bog’liq bo’ladi.

Yandeks Yandeks.Pullar'ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilariga xalqaro va ichki pul o‘tkazmalarini yuborishlari, chet el onlayn savdo maydonchalarida amalga oshirgan xaridlar uchun to‘lov to‘lashlari, shuningdek, butun dunyodagi savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratmoqda.

Endilikda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar ham elektron hamyonni identifikatsiyadan o‘tkazish va uning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘z ma’lumotlarini ATB InfinBank orqali Yandex.Money xizmatiga taqdim etishlari mumkin. Ayni vaqtda O‘zbekiston aholisi uchun qulay bo‘lgan elektron hamyon hisobini to‘ldirish usullari ro‘yxatini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Spot’ga servis mahsuloti bo’yicha direktor Alla Savchenko xabar berdi.

“Identifikatsiyadan o‘tish ko‘p vaqtni talab qilmaydi. Buning uchun foydalanuvchidan faqat ATB InfinBankning eng yaqin filialiga tashrif buyurish va elektron hamyon raqamini ayrish talab qilinadi. Bank o‘z xizmatlari uchun 25 ming so‘m haq oladi (bu yerda va keyinchalik — RF Markaziy bankining 17.12.2018 sanasidagi kursi bo‘yicha)”, deyiladi xabarda.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, ATB InfinBank darhol Yandeks.Pullar foydalanuvchisi ma’lumotlarini xizmatga taqdim etadi. Xizmat olingan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi va undan keyin foydalanuvchi elektron hamyon menyusida identifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Identifikatsiyadan o‘tilgan hamyon hisobini servis saytida yoki Visa va Mastercard orqali xizmatning Android yoki iOS tizimi uchun mo‘ljallangan mobil ilovasida to‘ldirish mumkin.

Foydalanuvchi elektron hamyondan bir martada 31 mln so‘m, unga bog‘langan bank kartasidan esa 12,5 mln so‘m sarflashi mumkin. Hamyon uchun Yandeks.Pullar plastik kartasini chiqarish va u orqali internet yoki dunyoning istalgan savdo nuqtalarida, jumladan, Apple Pay, Google Pay va Samsung Pay tizimlari orqali masofadan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Karta, shuningdek, istalgan bankomatlardan bir martada 12,5 mln so‘mgacha naqt pul yechib olish imkonini ham beradi (uchinchi tomon hisoblanuvchi hamkorlarning konvertatsiya uchun oladigan komissiya to‘lovlarisiz).

“Biz O‘zbekiston aholisi uchun onlayn to‘lov va pul o‘tkazmalarining barcha zamonaviy imkoniyatlaridan foydalana olishi uchun harakat qilmoqdamiz. Yandex.Pullar — Rossiya davlatida eng ommabop elektron to‘lov tizimi hisoblanadi va u foydalanuvchilarga elektron to‘lov sanoatining innovatsion yechimlarini taklif qiladi. O‘zbekiston aholisi ham Yandeks.Pullar xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘lganidan biz juda ham xursandmiz”, — deydi ATB InfinBank raisi o‘rinbosari, Sergey Gimadiyev.

Sergey Gimadiyev so’zlariga ko’ra, hozirgi kunda Yandex.Pullar xizmatidagi elektron hamyonni identifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ATB InfinBankning istalgan filiali orqali ariza berish mumkin, kelajakda bunday imkoniyat barcha mini-banklarimizda ham paydo bo‘ladi

Yandeks.Pullar — bu Mediascope izlanishlariga ko‘ra, 2018-yilda runet tizimida eng ommabop bo‘lgan elektron hamyon. Yandeks.Pullar xizmati foydalanuvchilari tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni xizmatning saytida, shuningdek, Android yoki iOS uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarda amalga oshirishlari mumkin. 2018-yil kuz fasliga qadar Yandeks.Pullar xizmatida butun dunyo bo‘ylab 46 mln.dan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.