Avvalroq Spot prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi haqida yozgan edi.

Pensiyalar va nafaqalar miqdori 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar esa 1-sentabrdan boshlab 7% ga oshirilishini belgilandi. Bundan tashqari, hujjat bilan mamlakatda MHTEKM va BHM miqdorlari ham oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, joriy yil 1-sentabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1,36 mln so‘mni, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘mni tashkil etadi.

Oxirgi marotaba 2025-yilning 1-avgustidan boshlab BHM 412 ming so‘m, MHTEKM 1,271 mln so‘mga yetkazilgan edi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 7% ga oshiriladi

Avvalroq o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirish tartibi soddalashtirilgani haqida xabar berilgandi.