“Spot” 2018 yil fevral, iyul va oktyabr oylarida O‘zbekiston banklarida berilayotgan avtokreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ulashgan edi.

O‘shandan beri ushbu bozorda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: ba’zi banklarda avtokredit berish to’xtatildi, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi. Birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olishda beriladigan avtokreditlar bu kuzatuvdan mustasno.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

O‘zbekiston milliy banki

Kreditning maksimal miqdori — 70%gacha, boshlang‘ich to‘lov — 30%. Garov sifatida avtomobilning o‘zi qo‘yiladi, shu vaqtgacha esa — moliyaviy holati barqaror yuridik shaxsning kafolati, sug‘urta polisi va garovning boshqa ko‘rinishlari talab etilardi. Foiz stavkasi haqida ma’lumotlar yo‘q, lekin kalkulyatsiya bor.

“O‘zsanoatqurilishbank”

2018 yili avtokreditlar iste’mol kreditlari sahifasida berilgan edi, hozirda esa mavjud emas.

“Qishloq qurilish bank”

Kredit to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi, boshlang‘ich to‘lov miqdori 30%dan kam emas. Foiz stavkasi — shartnoma asosida, imtiyozli davri — 6 oy.

“Turonbank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqadi. Agar to‘lov miqdori 25%dan to 34%gacha bo‘lsa, u holda stavka 28%; agar 35−50% bo‘lsa, unda 26%; agarda 50%dan ko‘p bo‘lsa, unda 24%.

“Aloqabank”

2018 yili avtokreditlar sahifasi mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Ipak Yo‘li” banki

Bu yerda shart o‘zgargan. Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 25% ni tashkil etadi, foiz stavkasi — 23,8%.

“Kapitalbank”

2018 yil Bank saytida avtokreditni 45 daqiqada rasmiylashtirish mumkin bo’lgan sahifa mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Asia Alliance Bank”

Bu yerda kredit berish shartlari o’zgardi:

Boshlang’ich badal miqdori

35 oygacha

36 oydan 48 oygacha

Stavka, yillik % da

25% dan 49% gacha

29

30

50% dan 74% gacha

28

29

75% va undan yuqori

27

28

“InfinBANK”

2018 yili avtokreditlar sahifasi mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Trastbank”

2018 yili avtokreditlar sahifasi mavjud edi, hozirda esa mavjud emas.

“Davrbank”

Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi 19%, boshlang‘ich to‘lov 50%.

“Ravnaq-bank”

Oktyabr oyi bilan taqqoslaganda shartlar o‘zgardi. Endilikda foiz stavkasi 26%, kreditlar besh yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Maksimal stavka — 32%.

“Ipoteka-Bank”

Foiz stavkasi 25%. Summasi va miqdori oldingidek qoldi — EKIHning 700 barobarigacha. Kredit 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

“Orient Finans” bank

Shartlar o‘zgardi: avtokreditlar 300 million summadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 4 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25% bo‘lsa, stavkasi 26%, 40% bo’lganda — 25%, 50% va undan ko‘p bo‘lsa — 24% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Oktyabr oyi bilan taqqoslaganda maksimal muddat o‘zgardi — endilikda 48 oy emas, balki 36 oygacha. Qolgan shartlar oldingidek — EKIHning 1000 barobarigacha, minimal 30% boshlang‘ich to‘lov, minimal foiz stavkasi 25%. Ikkilamchi bozor avtomobillari uchun shartlar boshqacharoq.