Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga ko‘ra, 2019 yilda jami 38 ta qonun loyihasining ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, shundan 15 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq.
Jumladan, dasturga muvofiq, 2019 yil 1 iyulga qadar Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- ish beruvchining iqtisodiy mustaqilligi tamoyilini kuchaytirish;
- qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita qonunda belgilash;
- o‘zini o‘zi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish va uning maqomini belgilash nazarda tutiladi.