Humo to’lov tizimining sayti ishga tushirildi.

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) saytida tizimga oid barcha yangiliklardan, biznes uchun qanday afzalliklar yo’lga qo’yilganidan xabardor bo’lish mumkin bo’ladi.

“HumoCard” — bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Humo kartalari 1 maydan boshlab chiqariladi. Hozirda test rejimida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta kartalar chiqarildi. Ulardan aprel oyining oxiri may oyining boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo’ladi.

Kartalarni qabul qiladigan 47 990 ta terminal o’rnatilgan bo’lib, ularni 28 ta bankda qo’lga kiritish mumkin. Humo kartasiga xizmat ko‘rsatish narxini kartani muomalaga chiqargan tijorat banklari o‘zlari belgilaydilar. Shuningdek narx kartaning turiga ham bog‘liq bo‘ladi.