Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • savdo subyektlarining kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq bo‘lganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishni;
  • kunlik tushum eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam bo‘lganida bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil topshirishni.

Ilgari kunlik tushum miqdoridan qat’i nazar savdo subyektlari naqd pulni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilishi kerak edi.