Videoregistrator orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborish mumkin bo’lgan sayt ishga tushirildi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videolar uch ish kuni ichida dyhxx.ejarima.uz orqali ichki ishlar organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishi mumkin.

Qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi hamda unda sana va vaqt aks etgan bo’lishi lozim.

Videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan EKIH 5%i miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.