Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan mamlakat boʻyicha 200 ga yaqin mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari uchun chegirmalar joriy etilganligini maʼlum qildi.

O‘zbekiston boʻylab turizm sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlaridan mehmonxonalar uchun taqdim etilayotgan 50%gacha boʻlgan chegirmalar joriy yilning 5 sentyabriga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari, 80 dan ortiq transport vositalari hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun ham chegirmalar joriy etildi.

Chegirmalarga oid batafsil maʼlumot bu yerda.

Ilgari Spot “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ichki yoʻnalishdagi qatnovlarga 10%dan 50%gacha chegirmalar taqdim etgani haqida xabar bergan edi.