“O‘zstandart” agentligi tomonidan O‘zbekiston hududiga ishlatilgan texnika va tekstil mahsulotlari olib kirilishini taqiqlovchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga havola etildi.

Unga ko‘ra, avval foydalanishda bo‘lgan quyidagi mahsulotlar olib kirilishini cheklash rejalashtirilmoqda:

  • avtomobillar, qishloq xo‘jaligi shinalari (shuningdek, qayta tiklanganlari);
  • avtomobil ehtiyot qismlari;
  • to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari;
  • elektr va texnika asboblari.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 3 oktyabrga qadar havola orqali muhokamada qatnashib, oʻz fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.