2019 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston rezidentlari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida bank hisobraqamlarini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida 11565 ta tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxslarga bank hisobraqamlari masofadan turib ochilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 1 sentyabr holatiga nisbatan 19,5%ga oshdi.

Bu qulaylik oktyabr oyidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tadbiq etilib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochish yo‘lga qo‘yildi.

Buning 2 usuli bor:

  • Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda;
  • elektron tarzda fo.birdarcha.uz sayti orqali.