UGTL korxonasi o‘quv dasturi doirasida 150 ga yaqin muhandis Toshkent shahridagi Honeywell ixtisoslashtirilgan markazida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi “Uzbekistan GTL” axborot xizmatiga asoslanib xabar beradi.
“Honeywell"ning Experion Orion boshqaruv paneli MDX davlatlari hududi va O‘zbekistonning sanoat korxonasida ilk bor o‘rnatilgan.
“Honeywell” markazida UGTL zavodida o‘rnatilgan boshqarish panellari kabi panellar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning yordamida texnologik jarayonni, jumladan, favqulodda vaziyatlarni to‘liq simulyasiya qilish, muhandislarni turli senariylar va korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish va boshqarish bosqichlari uchun tayyorlash imkoniyatiga ega.
Zavodning o‘zida ham boshqarish paneli muhandislarini tayyorlash uchun ko‘p funksiyali tizimi — OTS (Operator Training Simulator) mavjud. Ushbu tizim orqali muhandislar zavodni ishga tushirish va uni ishlatish bo‘yicha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega.
Bugungi kunga qadar jami korxonaning 100 ga yaqin muhandislari Honeywell tizimida mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli yakunladi.
Zavod mutaxassislarini tayyorlash va ishga tushirish ishlari uchun bilim va malakalarini oshirish ishlari davom etmoqda.