AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (XTMK) va O‘zbekiston Respublikasi o’rtasida Ibrohim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashi bo’yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda AQSHning O’zbekistondagi elchixpnasi rasmiy sayti xabar beradi.

Bu qanday jamg’arma?

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari ushbu jamg‘armani 2020-yil 20-oktyabrda ochishgan. Bu orqali uch mamlakat mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xususiy sektor boshchiligida amalga oshiriluvchi sarmoyalar va taraqqiyot tashabbuslari uchun 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni ko‘zlaydi. Jamg‘arma Ibrohim kelishuvlarida berilgan va’dani bajaradi hamda mintaqa aholisi hayotini yaxshilaydigan sezilarli loyihalar orqali tinchlikning afzalliklarini namoyish etadi.

Kelishuv doirasida O‘zbekiston ajratadigan 50 million dollargacha bo‘lgan mablag‘ iqtisodiy hamkorlik va aloqalarni yaxshilash maqsadida sarflanadi.

“Biz O‘zbekistonning Ibrohim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashi mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatining ajoyib namunasi bo‘ladi hamda mintaqada qashshoqlikni kamaytirish, unumdorlik va ish bilan ta’minlashni kuchaytirish, iqtisodiy o‘sishda muhim rol' o‘ynaydi, deb umid qilamiz”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov.

Kelishuv “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Spot, AQSH, O’zbekiston va Qozog’iston hukumatlari 1 mlrd dollar qiymatidagi investitsiyaviy loyihani amalga oshirmoqchi ekanligi to’g’risida ma’lumot bergan edi.