Prezidentning 2019-yil 27-martda “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi 4249-son qaroriga muvofiq Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services S.A.S” korxonasi bilan “Uzassystem” loyiha instituti tashkil etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatasiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining yetakchi mutahassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar, relye himoyasi va ma’lumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yo‘nalishidagi 700 dan ortiq standartlar ko‘rib chiqildi.
Ushbu standartlardan zamon talablariga to‘g‘ri kelmaydigan 536 tasi xalqaro standartlarga almashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga taklif kiritildi.
Shuningdek, 2021-yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo‘nalishlari bo‘yicha standartlar ko‘rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.
Ushbu standartlarni qabul qilinishi orqali elektr energetika ob’ektlarini loyihalash, qurish va ekspuatasiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshishiga erishiladi.
Elektr energiya sohasi standartlari qayta ko’rib chiqilmoqda
Ishchi guruhlar zamon talablariga mos kelmaydigan 536 ta xalqaro standartni almashtirish bo’yicha taklif berdi.
Foto: iStock
«Spot»
- 1 168
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 17:30 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektr va gaz uchun oldindan to‘lov qilinganda eski tariflar ikki oy saqlanib qoladi
1-iyundan elektr energiyasi va gaz tariflari oshiriladi. Fuqarolar avgustgacha, biznes esa iyulgacha eski tariflar bo‘yicha to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugun, 14:31 Transport
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Tomonlar, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
Bugun, 14:17 Iqtisodiyot
Aprel oyida o‘zbekistonliklarning inflyatsiyani sezish darajasi oshdi — Markaziy bank
Shuningdek, Toshkent shahri aholisi orasida inflyatsiyani baholash keskin pasaygan bo‘lsa, hududlarda, aksincha, o‘sdi.
Bugun, 11:18 Ta'lim
Finlyandiya ta‘lim kontentlari 5 mln SI yetakchilari platformasiga joylashtiriladi
Imzolangan memorandum doirasida Finlyandiyaning eOppivia ta‘lim platformasi aileaders.uz bilan integratsiya qilinadi.
Bugun, 11:09 Energetika
O‘zbekiston aprelda Xitoyga gaz eksportini tikladi — yetkazib berish hajmi uch baravarga oshdi
Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasining ma‘lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi statistikasi bilan sezilarli darajada farq qiladi.
Bugun, 10:25 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Hindiston bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Tomonlar 2024-yilda erishilgan kelishuvlar asosida muzokaralarni rasman yakunladi. Bayonnoma JST kotibiyatiga taqdim etiladi.
Kecha, 19:00 Energetika
Banklar taqdim qilayotgan quyosh panellari uchun kreditlar
Mazkur kreditni 15 ta bank orqali 3 yildan 5 yilgacha muddatga olish mumkin bo‘lib, uning yillik foiz stavkasi 20%ni tashkil etadi.
Kecha, 13:15 Investitsiyalar
Toshkent Xitoy kompaniyalari bilan $3,5 mlrdlik investitsiya va eksport shartnomalarini imzoladi
Shundan $2,5 mlrdi renovatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladi.