Ustav kapitalining 100 foizi davlatga tegishli bo’lgan ikkita “NEFTGAZDEPOZIT” va “NEFTGAZMINERAL” korxonalari elektron aujsionda sotuvga chiqarildi. Ularning boshlang’ich narxlari bir necha milliard so’mdan boshlanadi.

Korxonalar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida joylashgan. G’olibga qo’shimcha majburiyatlar yuklanishi ko’rsatilmagan.

Sotuvchi tashkilot O`zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi.

“NEFTGAZDEPOZIT” MCHJning ustav kapitali 11,3 mlnni tashkil etib depozitariy faoliyati bilan shug’ullanadi.

“NEFTGAZMINERAL” da esa ustav kapitali 439 mlnni tashkil etadi. Korxona yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlash, neft va gaz konlarini samaradorligini oshirish va qazib olish, AYoQSh tashkil etish va ulgurji savdo qilish bilan shug’ullanadi.

Avvalroq Spot, Gulistondagi yog' ishlab chiqaruvchi korxonaning davlat ulushi fond birjasida sotuvga qo’yilgani haqida xabar bergan edi.