Turkiyada Oydagi missiyani bajarishi lozim bo‘lgan gibrid dvigatelli raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Bu haqda Twitter orqali ma’lum qilgan mamlakat sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank: “Bizning milliy kosmik dastur doirasidagi Oy missiyasiga tayyorgarligimiz davom etadi”, deb ta’kidlagan.

“Anadolu"ning xabar qilishicha, sinov Istambul viloyatining shimoli-sharqida o‘tkazilgan.

Sinovning keyingi bosqichi mayda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, boshqa — “Sonda” raketasi dvigatel ishlanmasi ham sinovdan o‘tkazilgan.