Samsung kompaniyasi 28-aprel kuni “Galaxy Unpacked” onlayn tadbiri haqida rasman ma’lum qildi. Mazkur tadbirda kompaniya “Eng kuchli Galaxy” ni namoyish qilmoqchi.

SamMobile xabariga ko’ra, kompaniya ayni damda Galaxy Book Pro va Pro 360 noutbuklari ustida ishlayapti. Ulardan birinchisi LTE modemli, ikkinchisi esa 5G qo‘llab-quvvatlaydigan versiyaga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “The Elec"ning yozishicha, Samsung buklanadigan yangi telefonlar — Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 2-ni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Bundan avvalroq Spot Samsung kompaniyasi joriy yilda “Galaxy Note” seriyasidagi smartfonlarni ishlab chiqarmasligi haqida xabar bergandi.