O‘zbekiston may oyida $37,2 mln qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati $150,9 mlnga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

2021-yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Koreya — 42,7 mln.
  • Xitoy — 41,1 mln.
  • Rossiya — 30,5 mln.
  • Qozog‘iston — 8,8 mln.
  • AQSH — 6,7 mln.
  • Tailand — 6,6 mln.
  • Polsha — 4,6 mln.
  • Germaniya — 3,9 mln.
  • Litva — 2,5 mln.
  • Yaponiya — 2,0 mln.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-may oylarida import qilingan elektromobillar uchun $4,6 million sarflangan.