Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasini rivojlantirish va budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Axborot-hisoblash markazi va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi TBC Bank aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida memorandum imzolandi.

Unga ko’ra:

  • “TBC” to‘lov xizmatlari orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etiladi;
  • mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan;
  • “TBC” to’lov tizimi tomonidan budjet tashkilotlari xodimlariga mikroqarzlarni rasmiylashtirish va mikrokreditlarni berish ishlarini tashkil etish hamda rejalashtirilgan.

2011-yilda ishga tushurilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq budjet tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jami 3 milliondan ortiq budjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun, oliy va professional ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari uchun va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovlari uchun hamda boshqa xizmatlar uchun “TBC” to‘lov xizmatlarini taklif etish nazarda tutilgan.