Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Toshkent metropoliteni 2021-yil 1-dekabrga qadar Rossiyadan 10ta oʻn toʻrt vagonli yangi poyezdlar sotib oladi.

Qarorda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Toshkent metropoliteni uchun Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasidan har biri motorli ikkita bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat 14 vagonli 10ta yangi poyezd xarid qilishi nazarda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati €63 ming (yoki 7 mlrd 98 million soʻm)ni tashkil etadi.

Shuningdek, qarorda yangi poyezdlar yiliga 95 million yoʻlovchi tashishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Spot, Oʻzbekiston “Afrosiyob” tezyurar poyezdidan xarid qilganligi haqida yozgan edi.