AQS hukumati 15-iyul kuni mamlakatlari biznes va infratuzilmalarga internet orqali hujumni rejlashtirgan xorijiy davlatlar kiber hujumchilari haqida ma’lumot berganlarga $10 mlngacha to’lashni rejalashtirmoqda.

Yangi mukofotni joriy etishga AQSHda yuz berayotgan ko’p sonli kiberhujumlar sabab bo’ldi.

Mavzuga doira: JBS kompaniyasi kiber hujumchilarga bitkoinlarda $11 mln tovon to’ladi. 1-iyun kuni kompaniyaning AQSHdagi barcha go’sht ishlab chiqaruvchi kombinatlari kiberhujum tufayli faoliyatini to’xtatgan edi.

Hukumat rasmiylarining bayonot berishicha bu Rossiya xakerlarining ishi hisoblanadi.

Avvalroq esa, AQShdagi yoqilg’i quvurlari tarmog’iga kiber hujum qilingan edi. Natijada, mamlakat sharqida 17 000 ta yoqilgi shahobchalarida navbatlar yuzaga kelgan edi. Muammoni bartaraf etish uchun Colonial Pipeline kompaniyasi xakerlarga $5 mln tovon puli to’lagan.

Hukumat ma’lumot berishicha, 2020-yil davomida kiberhujumlar uchun jami $350 mln miqdorda tovon to’langan. Hozirgi davr bilan solishtirganda hujum holatlari 300% ga oshgan.

Dastlab, rasmiylar tovlamachilarga to’lanadigan har qanday to’lovlarga qoraladi, chunki bu bunday jinoyatlarning ko’payishiga yordam beradi. Oq uy rasmiylari hattoki kompaniyalarga to’lovlarni to’lashni taqiqlovchi qonun loyihalarini ishlab chiqishni reja qilayotgan edilar.

Ammo hujumlar soni ortishi hukumatdan boshqa chora tutishni talab etdi.

Bundan oldin ham xakerlar “Electronics Arts” video o’yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga hujum qilishgan edi. Ular 780 Gb miqdordagi ma’lumotlar bazasi va FIFA hamda Battlefield o’yinlari seriyasi kodlarini qo’lga kiritishgan.

Bu turdagi hujumlar ortishi yuzasidan 2021-yilda kutilayotgan xavflar haqida esa Spot yozib qoldirgan edi.