Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Kichik Xalqa yo’li va temir yo’l oralig’ida joylashgan, “Karavan Art” MCHJga tegishli qurilishi tugallanmagan ofis va ko’rgazma zali binosi sotuvga qo’yildi.

Bino inshootlari dastlab aprel oyining oxirida sotuvga qo’yilgan edi. O’sha paytda lot narxi 43,8 mlrd so’m deb belgilangan edi.

Hozirga kelib, inshootlar narxi 35,7 mlrd so’mga baholanmoqda.

04.03.2021-yil sanasida Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DK M.Ulug'bek filiali tomonidan berilgan.

Bino uchun umumiy ovqatlanish faoliyat turi belgilangan. Umumiy maydoni 0.913 gektarni tashkil etadi.

Auksion savdolari 7-avgustgacha davom etadi. Savdolar 8-avgustda bo’lishi rejalashtirilmoqda.