“O'zmetkombinat” AJ respublikada yetakchi qora metallurgiya korxonasi hisoblanadi. Korxona 1944-yilda tashkil etilgan bo’lib, 2 ta yirik ishlab chiqaruvchi zavoddan iborat. Uning asosiy xaridorlari OKMK va NKMK korxonalari hisoblanadi.

Hozirga kelib respublika fond bozorida kompaniya aksiyalari narxi 93 000 so’mni ko’rsatmoqda. Avgust oyining boshida bu ko’rsatgich 69, 799 so’mni tashkil etgan.

Joriy yilning ikkinchi choragida korxona aktivlari 32 foizga oshib 2,46 trln so’mni tashkil etgan. O’tgan yilning aynan shu muddatdagi nisbatiga ko’ra kompaniya foydasi 61 foizga oshib, 3,63 trln so’mni tashkil etgan.

16-avgust kuni Youtube’dagi “Alter Ego” kanalida chop etilgan intervyuda korxona ijro direktori Dilshod Ahmedov vaziyatga quyidagicha izoh bergan:

“Agar ishlab chiqarish hajmini oshirsak, bunga mutanosib ravishda kompaniya qiymati va aksiyalar narxi ham oshib boradi. 3 mln tonna mahsulot ishlab chiqarilishi bu barcha yo’nalishlar bo’yicha 3 barobar o’sish degani. Bu bozor qonuniyati”, — deya ta’kidlaydi boshqaruvchi.

2021-yilning yarim yillik hisobotiga ko’ra, “O'zmetkombinat"ning sof foydasi 808,21 mlrd so’mni tashkil etgan. Bu yiliga 766,7% o’sish degani. Investitsion kompaniyalar yil davomida aksiya narxlari uchun target narxlari e’lon qilishmoqda. Bu barcha moliyaviy hisobotlar va bozordagi holatni hisobga olgan holda 110 500 so’mni tashkil etmoqda.