Istambuldagi yirik ko’chalar chetida shamol quvurlarinio’rnatishmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad — mashinalarning tezkor harakatlarini ortidan yuzaga keladigan havo masslarini energiya manbasiga aylantirishdir.

Qurilma ENLIL deya nomlanadi. Uning yaratuvchilari Istambul universiteti va Devecitech kompaniyasi hisoblanadi.

G’oya dastlab turk muhandisi Kerem Devechi tomonidan taqdim etilgan. Tezyurar Metrobüsda yurgan chog’ida harakat ortidan yuzaga keladigan havo shamol quvurlari orqali energiya olish uchun yetarli bo’lishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

Loyihaning birinchi prototipini muhandis o’z uyida yaratdi.

Turbinalar shu qadar ixcham qilib qurilganki, ularni ko’p qavatli uylarning yon yoki tomlariga o’rnatish mumkin. Struktura quyosh panellari bilan jihozlangan, shuning uchun u bir vaqtning o’zida ikki turdagi energiyani qayta ishlashi mumkin.

Shuningdek, harorat, namlik, karbonat angidrid chiqindilari va seysmologik faollikni o’lchash uchun sensorlar ENLILga biriktirilgan. To’plangan dizayn ma’lumotlari avtomatik ravishda shahar hokimiyatiga yuboriladi.

Shamol turbinalari qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish orqali chiqindilarni kamaytirishga yordam berishi kerak. Independant gazetasining yozishicha, loyihaga xorijiy kompaniyalar allaqachon qiziqib qolgan, shuning uchun yaqin kelajakda u xalqaro bozorga chiqishi mumkin.