Yoshlar akademiyasi tomonidan Kosmonavtika va Aerodinamika boʻyicha startap loyihalar qabul qilinmoqda.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining“Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.

Topshiriladigan startap loyiha shartlari:

  1. Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  2. 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  3. Topshirilgan startap loyiha amalga oshirish miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi.
  4. Startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.

Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 1-oktabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.