Toshkent shahri, Sirg’ali tumani, Sergeli 6- mavzesi, Mehrigiyo ko’chasida joylashgan, boshlang’ich narxi 12 mlrd so’m bo’lgan sport- sog’lomlashtirish majmuasi sotuvga qo’yildi. Bu haqda e- auksion-uz saytida xabar beriladi.

Majmua 2019-yilda qurib bitkazilgan bo’lib, 1- 2 qavatli binolarga hamda yerto’laga ega.

Umumiy maydoni 1 gektar, bino maydoni esa 357 kv.m ni tashkil etadi.

Lot uchun arizalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Auksion savdolari esa 22 — noyabrda o’tkazilishi beldilangan.