YouTube butun dunyo bo‘ylab obunasiz foydalanuvchilar uchun Android va iOS qurilmalarida videolarni fonda ijro etish imkoniyatini ochishni boshladi.

Komoaniyaning ma’lum qilishicha, “tasvir ichida tasvir” funksiyasi “yaqin oylar ichida” barcha foydalanuvchilar uchun ommalashadi.

Qayd etilishicha, u ilova yopilgandan keyin ham videolarni fon rejimida ko‘rish imkonini beradi.

Bu imkoniyat avvalroq AQSHdagi obunasi yo‘q foydalanuvchilar uchun mavjud edi. Endi u xizmat ilovalarida boshqa mamlakatlar uchun ham ochiladi.

Ta’kidlanishicha, faqat musiqaga aloqador bo‘lmagan uzun kontentni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Premium Lite va Premium obunachilari uchun hech narsa o‘zgarmaydi. Premium obunachilari esa fon rejimida musiqiy kontentni ham tomosha qila oladilar.

Obunasiz videolarni fon rejimida tomosha qilish uchun ba’zilar boshqa brauzerlardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Android Authority nashrining yozishicha, Google Chrome’da bu “aylanma yo‘l” ishlamagan.

Nashrning qayd etishicha, 2026-yil yanvar oyidan boshlab YouTube obunasi yo‘q foydalanuvchilar uchun Brave, Vivaldi, Microsoft Edge va yana bir qator boshqa brauzerlarda videolarning fonda ijro etilishini bloklay boshlagan.


Avvalroq Spot YouTube’da Shorts videolarini “o‘chirib qo‘yish” funksiyasi paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, cheklovdan keyin Shorts videolar YouTube’ning bosh sahifasida ham ko‘rsatilmaydi.