YouTube’da Shorts videolarini “o‘chirib qo‘yish” funksiyasi paydo bo‘ldi, deb yozadi The Verge.
Shorts’ni tomosha qilish uchun nolga teng vaqt cheklovi qisqa videolarni iOS va Android ilovalaridan “amalda” olib tashlaydi.
Nashrning tekshirishicha, Shorts videolar YouTube’ning bosh sahifasida ham ko‘rsatilmaydi.
Oktabr oyida YouTube foydalanuvchilarga mobil ilovada qisqa Shorts videolarini ko‘rish uchun kunlik cheklov belgilash imkonini beruvchi yangi funksiyani joriy qilishni boshladi.
2026-yil yanvaridan boshlab Shorts’ni tomosha qilish uchun minimal vaqt cheklovi 15 daqiqani tashkil etgan — uni ota-onalar o‘z farzandlarining akkauntlariga o‘rnatishi mumkin edi.
Endi qisqa videolarni o‘chirib qo‘yish funksiyasi barcha foydalanuvchilar, jumladan, kattalar akkauntlari uchun ham mavjud bo‘ladi.
Cheklovni o‘rnatish uchun YouTube sozlamalaridagi “Vaqtni boshqarish” bo‘limiga kirib, so‘ngra “Kunlik cheklovlar” va “Shorts uchun cheklovlar” yorliqlarini tanlash kerak.
Yoshidan qat’i nazar, bu lenta aylantirishga kamroq vaqt sarflashni istaganlar uchun qulay vosita bo‘lishi mumkin.
Cheklovga yetganidan so‘ng “Shorts” yorlig‘ida hech qanday video ko‘rsatilmaydi, faqat “Siz qisqa videolar lentasi chegarasiga yetdingiz” degan xabarnoma paydo bo‘ladi.
Avvalroq Spot YouTube muqova o‘rniga videoning qiziqarli qismlarini ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Endi foydalanuvchilar muqovalar bilan bog‘liq aldovlardan qochib, videoning asl mazmunini oldindan ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.