Fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidanOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ZIYO CUP” turniri 20−23-aprel kunlari Toshkentdagi Cyberium kibersport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar CS:2 yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilib, mamlakatning barcha oliy o‘quv yurtlari talabalarini birlashtirdi.

Mazkur tashabbus prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-sonli qarori ijrosi doirasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish, xavfsiz ekotizimni shakllantirish, shuningdek, AT va raqamli sohalarda salohiyatli iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Turnirning saralash bosqichida respublikadagi 105 ta oliy o‘quv yurtidan 900 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi va 140 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi musobaqaga qiziqish bildirdi. Bu yoshlarning kibersportga rivojlanish va kasbiy o‘sishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida qiziqishi muttasil ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Final o‘yinlari keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
- 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m;
- 4-o‘rin — 5 000 000 so‘m.
“ZIYO CUP” musobaqasini qo‘llab-quvvatlash InfinBANK’ning yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish va mamlakatda raqamli madaniyatni mustahkamlash borasidagi tizimli ishining bir qismiga aylandi. Bank ta’lim, innovatsiyalar va yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
“ZIYO CUP” turniri iqtidorli o‘yinchilarni aniqlash, kibersportni ommalashtirish hamda O‘zbekiston AT sohasi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda samarali platforma sifatidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Reklama huquqlari asosida.
