14-oktabrdan boshlab, chet eldan Turkiyaga kelayotgan 12 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar SARS-COV-2 salbiy PZR-testini taqdim etmasdan qabul qilinadi.

Ilgari ushbu chora-tadbirlardan faqat 6 yoshgacha boʻlgan bolalar ozod qilingan edi.

Turkiyaga kelayotgan boshqa barcha yoʻlovchilar oʻzlari oxirgi emlashdan kamida 14 kun oʻtganidan keyin toʻliq emlash kursini tugatganligi toʻgʻrisida amaldagi sertifikat yoki oxirgi 6 oy ichida COVID-19 dan sog‘ayib ketganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlishi shart.

Ushbu ma’lumot Turkiya hukumati tomonidan e’lon qilindi.

“Turkiyaga kirayotganda 12 yoshgacha boʻlgan bolalar emlash sertifikatlari yoki PZR-test natijalarini taqdim qilishdan ozod qilinadi”, — deyiladi bayonotda.

Ushbu sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda, yoʻlovchiga Turkiyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan SARS-COV-2 PZR-testini salbiy natijasini yoki Turkiyaga kelishidan 48 soat oldin antitanachalarga topshirilgan ekspress-testini salbiy natijasini taqdim etish talab etiladi.

COVID-19dan toʻliq emlash kursidan oʻtmagan Turkiyaga kelayotgan yoʻlovchilar 14 kunlik oʻz-oʻzini yakkalash rejimiga joylashtirilishlari mumkin.