Prezident qaroriga koʻra, qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yerlarni, shu jumladan, boshoqli donning ekilishi, uning rivojlanishini uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida kuzatish va monitoringini yuritish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushiradi.

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarining vegetativ holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida kuzatish yoʻlga qoʻyiladi

Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda zararkunandalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli kuzatuvni tashkil etadi, xoʻjaliklar tomonidan ekinlarni himoya qilish ishlari oʻz vaqtida bajarilishini nazoratga oladi.

Avvalroq Spot aholi tomorqasida dehqonchilikni yoʻlga qoʻyish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlari berilishi haqida yozgan edi.