Ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oʻtgan oyga nisbatan oʻsdi. Navoiyda esa narxlar pasaygan

Narxlarda eng katta oʻsish Toshkentda kuzatildi.


Yil sarhisobi: Oʻzbekistonda tekstil sohasida qanday oʻzgarishlar yuz berdi va 2022-yilda nimalar kutilmoqda

Chust Textile koordinatori Jamshid Ismatullayev va Fratelli Casa hamda Uzbtextile koordinatori Shohruh Qayumov kelgusi yilda qanday imkoniyatlar borligini, shuningdek, holatni yanada yaxshilashda qanday choralarni koʻrish kerakligi xususida Spotga fikrlar bildirib oʻtishdi.


Shaxsiy tajriba: qanday qilib Koreyada grant asosida o’qish mumkin. Tahsil olishdagi qiyinchiliklar, Koreyadagi ta’lim va hayot haqida

Spot Janubiy Koreyada magistraturani grant asosida o’qiyotgan Yulduz Abdirazzoqova bilan suhbat qurdi. Unda, grant yutishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, Koreyadagi yashash harajatlari va mamlakatning o’ziga xosliklari haqida hikoya qilinadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. UzAuto Motors yaqinda ishlab chiqarilgan Cobalt, Nexia va Lacetti avtomobillarini “chaqirib oladi”. Taʼkidlanishicha, “chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bogʻliq.
  2. Bizning vazifamiz tizimni Oʻzbekistonda ishga tushirish — Sherzod Shermatov Paypal haqida fikr bildirdi. AKT vaziri tez orada bu yoʻnalishda oʻzgarishlar boʻlishiga umid bildirdi.
  3. Oʻz uyida baliq yetishtiruvchilar uchun 400 mlrd soʻm kredit ajratiladi hamda ularga yer va mulk soligʻida imtiyoz beriladi
    Xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi.
  4. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yillik 14% stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi
    Kreditlar mahallada hokim yordamchisining oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi.
  5. Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat boʻlib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.
  6. Toshkentda yoʻnalishsiz taksilar bosqichma bosqich elektromobillarga oʻtkaziladi. Taksi haydovchilari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻzida jamlagan ID-kartalarni joriy qilinadi.
  7. Oʻzbekiston oltin eksportini qayta tikladi. 11 oyda uning miqdori $4,1 milliardni tashkil etdi. Biroq joriy yil boshidan buyon Oʻzbekiston 2020-yilga nisbatan ancha kam oltin sotgan.
  8. MIB “Ilhom” teatri yonidagi binoni auksionga qoʻydi. Lotning boshlangʻich bahosi — 37,32 mlrd soʻm. Arizalar 22-yanvargacha qabul qilinadi.
  9. Pavel Durovning xabari ortidan Toncoin kriptovalyutasining qiymati oshib ketdi. Kun davomida kriptovalyutaning narxi 20,3% ga oshib, bir birlik uchun $2,85 ni tashkil qildi.
  10. Oʻsimlik yogʻi, goʻsht, baliq, kartoshka va bir qancha mahsulotlarning QQS imtiyoz davri uzaytiriladi. Deputat Doniyor Gʻaniyevning aytishicha, mazkur mahsulotlar 2022-yil 30-aprelga qadar QQSdan ozod qilinadi.