Kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 600 ming tonnaga yetkaziladi, bu Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan selektorda vazifa sifatida qoʻyildi etib qoʻyildi.

Shuningdek, Sharof Rashidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi.

Xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi.

Uyida baliq yetishtiruvchilar uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshiriladi va kelgusi yilda 400 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

Baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50% ga kamaytirilib, ular oʻzini oʻzi band qilgan aholi toifasiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, xorijdan mutaxassis olib kelgan baliqchilik klasterlariga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.

Avvalroq Spot ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun garovsiz kredit ajratilishi haqida yozgan edi.