UzAuto Motors kompaniyasi 2021-yil 5−17-dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, “chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bogʻliq.

“Avtomobillari chaqirib olish dasturiga toʻgʻri kelgan barcha avtomobil egalari dilerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi” deyiladi kompaniya xabarida.

Barcha ishlar UzAuto Motors xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Avvalroq UzAuto Motors Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish boʻyicha yangi arizalar qabul qilishni toʻxtatgan edi.