E’tibor qarating- ushbu material onlayn jamg’armalar haqida. Oflayn depozit turlari haqida biz alohida material tayyorlagan edik.

Quyidagi jadvalga O’zbekiston banklarida onleyn depozit ochish imkoni bo’lgan banklar haqida ma’lumot berilgan.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.


Spot 2022-yil yanvar oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

Hozirda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 33 ta bankdan 23 tasida onlayn jamg’arma hisobi ochish mumkin. Bunga raqamli Apelsin banki ham qo’shildi.

O’rtacha foiz stavkasi 22% ni tashkil etadi.

Ushbu material chop etilgan vaqtda eng yuqori stavkalarni “Anorbank” va TBC Bank taqdim etmoqda.

Belgilangan foizlar o’sib boradi. Masalan, “Anorbank” da dastlabki oylar 19% dan boshlansa, depozit muddati tugagunga qadar 27% gacha ko’tariladi. TBC Bankda esa 13 oygacha 24%dan, undan keyin esa 25% dan hisoblanadi.

Hisob ochish uchun sizga 100 ming so’mdan 1 million so’mgacha bo’lgan kichik miqdor kerak bo’ladi. To‘rtta bankda minimal miqdor bu chegaradan oshadi (Asia Alliance Bank va Poytaxtbankda 5 million, Infinbankda 2 million va Orient Finance Bankda 10 million).

Omonat muddati 6 oydan 3 yilgacha.

“Ipoteka-bank”, “Aloqabank”, “Infinbank”, “Poytaxtbank”, “Savdogarbank”, minimal qoldiq saqlanib qolgan holda omonatdan mablag‘larni qisman yechib olish imkonini beradi.

Shu bilan birga, 15 ta bank hisob raqamiga ma’lum muddatga qo‘shimcha depozit qabul qiladi. Hamkorbankda uchinchi shaxslardan olingan mablag‘lar hisobvaraqning zarur ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilishi mumkin.

Bank nomi
Stavka
Min. summa
Muddat
To’ldirish/yechish
“Аnorbank”
27%-19%
100 ming.
370 kun
ha /yo'q
TBC Bank
25%-24%
100 ming.
2 yilgacha
ha /yo'q
Ravnaq-bank*
23%
500 ming
36 oydan boshlab
yo’q/yo'q
“Аgrobank”
22%
500 ming
13 oy
yo’q/yo'q
Asia Alliance Bank
22%
5 mln
18 oy
yo’q/yo'q
“Davrbank”
22%
1 mln
13 oy
ha /yo'q
“Ipoteka bank”*
22%
100 ming
24 oy
yo’q/ha
“Kapitalbank”*
22%
1 mln
25 oy
ha /yo'q
Bank Apelsin*
22%
1mln
25 oy
ha /yo'q
“Mikrokreditbank”*
22%
500 ming
13 oy
ha /yo'q
NBU*
22%
1 mln
13 oy
ha /yo'q
“Xalq banki”
21%
100 ming
18 oy
ha /yo'q
“Qishloq qurilish bank”
21%
1 mln
6 oy
yo’q/yo'q
InfinBank
21%
2 mln
18 oy
ha/ha
“Aloqabank”
20%
50 ming
24 oy
ha/ha
“Trastbank”
20%
500 ming
13 oy
yo’q/yo'q
“Turonbank”*
20%
cheklanmagan12 oy
ha/yo'q
“Sanoatqurilishbank”*
20%
500 ming
13 oy
yo’q/yo'q
Hamkorbank*
20%
1 mln
18 oy
ha/yo'q
“Poytaxt bank”
17%
5 mln
36 oy
ha/ha
“Savdogarbank”
17%
500 ming
6 oy
ha/ha
“Ipak Yo’li bank”*
16%
1 mln
12 oy
ha/yo'q
“Orient Finans”
16%
10 mln
300 kun
yo’q/yo'q

*Omonat muddatidan oldin yopilgan taqdirda omonatning asosiy summasidan foizlar ushlab qolinadi. Ba’zi hollarda, saqlash muddatidan kelib chiqqan holda, foizlar to’liq yoki pasaytirilgan stavkada to’lanadi. Qo’shimcha ma’lumot olish uchun bank veb-saytlariga qarang.