Roskomnadzor Google-ga nisbatan bir qator cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda departamentning Telegram-kanaliga asoslanib, RBK xabar bermoqda.

Bayonotga koʻra, choralar “Rossiya qonunchiligini […] koʻp buzganliklari uchun” kiritilmoqda. Roskomnadzor IT gigantiga tegishli YouTubeʼni Ukrainadagi harbiy harakatlar haqida “soxta xabarlar” tarqatishda va Rossiya OAVlari (RT, Rossiya 24 va boshqalar) kontentini bloklashda ayblaydi.

Endi Rossiya Google MChJ va uning resurslari tomonidan reklama tarqatishni taqiqlaydi. Shuningdek, Rossiya qidiruv tizimlari foydalanuvchilarni mamlakat qonunchiligini buzganligi haqida xabardor qilishi kerak.

Googlega qarshi choralar “xorijiy shaxs Rossiya qonunchiligi buzilishini toʻliq bartaraf etguniga qadar” kuchda qoladi.

Fevral oyi oxirida Roskomnadzor Rossiya qoʻshinlarining Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi"ning borishi haqidagi “notoʻgʻri maʼlumotlar” bilan Google Ads reklamasi uchun saytlarni bloklash bilan tahdid qilgan edi. Shuningdek, Internet regulyatori Amerika kompaniyasidan ularni tarqatishni toʻxtatishni talab qildi.

Google, oʻz navbatida, 4-mart kuni Rossiyada — qidiruv, hamkor tarmoqlar, shuningdek, YouTubeʼda reklama sotishni toʻxtatdi. Kompaniyadagi bunday qadam “favqulodda vaziyatlar” bilan izohlangan.

Bungacha u YouTubeʼda Rossiya davlat OAVlarining monetizatsiyasini oʻchirib qoʻygan edi. Keyinroq videoxosting ularning bir qatori — “Первый канал”, “Россия 1”, “Россия 24”, НТВ, RT va boshqalarning akkauntlari hamda yetakchi ommaviy axborot vositalarining kanallarini bloklab qoʻydi.

23-mart kuni Roskomnadzor Rossiyadagi Google News (“Google News”)ni Ukrainadagi vaziyat haqidagi “notoʻgʻri maʼlumotlar"ga kirish imkoni boʻlganligi sababli blokladi.