Ilon Mask Twitterni sotib olmoqchi. U kompaniyaning har bir aksiyasi uchun $54,2 qiymatni taklif etdi.

Agar bu kelishuv ro’y bersa Twitterning umumiy qiymati $43 mlrdga baholanadi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda kompaniya aksiyalari narxi $45,85 ni tashkil etgan. Bu $36,71 mlrd kapitalizatsiyaga teng degani.

Taklif berilgan aksiyalar narxi 18% ga qimmatlashgan.

Aprel oyining boshida Ilon Mask ommaga Twitterning 9% aksiyasini sotib olganligini haqida oshkor etgan edi. Biroz o’tib kompaniya sarmoyadori o’z vaqtida e’lon qilmaganligi uchun Maskning ustidan sudgamurojaat etdi.

Ma’lumot uchun: Twitterning yirik sarmoyadorlaridan biri, Saudiya arabistoni shahzodasi Al — Valid ibn Talal Al Saud Maskning taklifini rad etdi. Uning fikricha kompaniya taklif etilayotgan narxga munosib emas.