Twitter sarmoyadori Mark Beyn Rasel Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Maskni sudga berdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda. Bunga asosiy sabab, qimmatli qog’ozlarni sotish olganlik haqidagi ma’lumotni o’z vaqtida ommaga oshkor qilmaganlik.

Fibirgarlik deya da’vo qilinayotgan ariza Manxetten sudiga ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan. Unda belgilanishicha, Ilon Mask sotib olgan aksiyalari haqida 24-martga qadar ommaga e’lon qilishi kerak edi.

Raselning ta’kidlashicha, ma’lumotlarni taqdim etishning kechikishi tadbirkorga o’z egalaridan “sun'iy ravishda arzon” narxlarda ko’proq aksiyalarni sotib olishga yordam bergan. Mask ma’lumotlarni taqdim etib, ijtimoiy tarmoqdagi ulushini e’lon qilgach, kompaniya aksiyalari 27 foizga (39,31 dollardan 49,97 dollargacha) o’sgan.

Mask agentlik so’roviga javob bermadi, Twitter ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Mavzuga doir: Ilon Mask va Twitter. Yangi eng yirik aksioner nimalarni oʻzgartirmoqchi. Ilon Mask Twitterʼdagi 9,2% ulushga ega ekanligi maʼlum boʻldi. Milliarder tvitlarni tahrirlash funksiyasi haqida oʻylamoqda.