Coca-Cola İçecek A.Ş.ning choraklik hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonda birinchi uch oyda Coca-Cola sotuvi 22 mln donaga yetdi.

Savdolarning oʻsishi 2021-yilning shu davriga nisbatan 30% ni tashkil etdi, dedi kompaniya bosh direktori Burak Basharir. Oʻzbekiston bozorida sotilgan mahsulotlarning 96%ini gazlangan ichimliklar tashkil etdi.

Oʻzbekiston boʻlimi eng tez rivojlanayotgan boʻlimga aylandi, dedi top-menejer. Taqqoslash uchun, Pokistonda uch oy ichida savdo hajmi 20% ga, Qozogʻistonda 16% ga, Iroqda esa 8% ga oshgan.

Umuman olganda, xalqaro savdo hajmi 30% ga oʻsdi va ularning organik oʻsishi (Oʻzbekistondan tashqari) 17% ni tashkil etdi. Xalqaro operatsiyalarning savdodagi ulushi 63% ga (bir yil avval — 57%) oshdi.

Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasining yangi mulkdor tuzilmasiga integratsiyalashuvi jadal davom etmoqda. Bosh direktor Rossiyani chetlab oʻtib, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga oltita muqobil yetkazib berish yoʻnalishini oʻrganishni alohida qayd etdi.

Turkiya tomoni qoʻshimcha mahsulotlar sohasida oʻz imkoniyatlaridan foydalanganda Oʻzbekistonning uzoq muddatli salohiyatiga ishonadi, dedi Basharir.

Coca-Cola İçecek 2021-yil sentabrida Coca-Cola Bottlers Uzbekistanʼni xususiylashtirish boʻyicha kelishuvni yakunladi. 57,1% aksiyalarning davlat paketi unga $252 mln.ga tushdi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston va Turkiya oʻzaro tovar ayirboshlashni $5mlrd.ga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.