“Uzbekistan Airpors” matbuot xizmati “Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik cheklanishi haqida xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat joriy etilishi va Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu aeroport faoliyati komendantlik soatlarida (21:00 dan 07:00 gacha) cheklanadi.

Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airways"ning 3-iyul kuni rejalashtirilgan HY017/HY018 Toshkent-Nukus-Toshkent yoʻnalishidagi qatnovi bekor qilingandi.

Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, bekor qilingan reyslarning barcha yoʻlovchilari 4-iyul kuni shu yoʻnalishdagi HY011/ HY012 reyslari bilan oʻz manzillariga yetkaziladi.

Kompaniya yoʻlovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.