Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar davlat organlarining staj talab qilinmaydigan lavozimlarini egallash uchun ochiq tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.

Ayni vaqtda bunday vakant oʻrinlar soni 513 tani tashkil etadi.

7-iyul holatiga koʻra, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida davlat organlaridagi 2,1 mingta vakant lavozim uchun ochiq tanlov mavjud.

Vakant lavozimlarning 191 tasi respublika, 835 tasi hududiy (viloyat), 1 079 tasi tuman darajasidagi boʻsh ish oʻrinlari hisoblanadi.

HeadHunter kompaniyasi tomonidan tayyorlangan tahlilga ko‘ra O‘zbekistonda iyun oyida eng yuqori haq to‘lanadigan ish haqi avtomobil biznesi vakillariga taklif etilgan — o‘rtacha 11,7 mln so‘m.

Keyingi o‘rinda 11,6 mln so‘m ish haqi bilan top-menejerlar, so‘ngra konsultantlar (10,4 mln so‘m) joylashdilar. IT mutaxassislari esa o‘rtacha 9,5 mln so‘m ish haqi bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladilar.