Markaziy bank “ExMoney” elektron pullar tizimi faoliyatiga ruxsar berdi. Bu haqda bankning matbuot xizmati xabar qildi.

Markaziy bankning reyestriga kiritilgan pullar O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi tomonidan chiqariladi.

“Trastbank” esa mazkur elektron pullar tizimining emitenti hisoblanadi.

Elektron pullar tizimi reyestrida “Oson”, “Click” va “Paynet Wallet” kabi jami 15 ta elektron pullar tizimi mavjud.

Ro‘yxatni havola orqali ko‘rish mumkin.


Avvalroq “Yangi Payment” kompaniyasiga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgandi.