Navoiy viloyatida mukofot jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lgan “Digital Navoi Hackathon-2022” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mahalliy (Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi) yosh dasturchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov yo‘nalishlari:

  • investitsiya;
  • ijtimoiy soha;
  • turizm;
  • raqamli iqtisodiyot;
  • innovatsiya.

Har bir yo‘nalish g‘olibi loyihani amalga oshirish uchun 200 mln so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi: elektron saralash, hakamlar hay’ati oldida taqdimot, Demo Day.

Arizalar 10-sentabrdan 20-oktabrgacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Tanlov tashkilotchilari: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Navoiy viloyat hokimligi, “IT Park”.