Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BAAning “DP World” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Unda, logistika, infratuzilma va elektron tijorat sohalarida bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun joriy qilingan imtiyozlar bilan tanishdi.

Tomonlar kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirish uchun kerakli yo‘nalishlarni aniqladi.

Kompaniya kompleks transport-logistika xizmatlari, logistika xablarini yaratish va yetkazib berishni optimallashtirish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga qiziqish bildirgan.

Muzokaralar yakunida kompaniya vakillari Toshkent viloyatida logistika markazini qurishga qiziqish bildirishdi.

Vazirlik rahbariyati esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

DP World” dunyodagi eng yirik port operatorlaridan biri bo‘lib, 2005-yilda “Dubai Ports Authority” va “Dubai Ports International” birlashishi natijasida tashkil etilgan. Kompaniya 78 ta dengiz va ichki terminallarga ega. Ular kompaniyaning oltita qit’aning 40 mamlakatidagi 50 dan ortiq korxonalari tomonidan boshqariladi.