Vengriyaning “Wizz Air” loukoster aviakompaniyasi oshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda, deya xabar berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Xususan, 26-martdan Abu-Dabi-Samarqand-Abu Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida amalga oshirilib, oldin aviatashuvchi mazkur yo‘nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.

Shuningdek, 18-apreldan aviakompaniya Toshkentga parvozlarni har kuni amalga oshiradi. Kompaniyaning poytaxtga qatnovi haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi joriy yilning 13-dekabrida Abu Dabi-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Undan keyin, kompaniyaning Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi va aviaqatnov 2023-yilning 25-yanvaridan amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Wizz Air” — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.


Avvalroq 2023-yil oxirigacha Chelyabinskdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.