Shavkat Mirziyoyev ommaviy va professional futbolni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport, raqamli texnologiyalar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, shuningdek, Adliya vazirligi hamda Futbol assosiasiyasi vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhga ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib futbolni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2023-yil oxirigacha bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirildi.

2019-yilning dekabr oyida prezident o‘zbek futbolini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xuddi shunday hujjatni imzolagan bo‘lib, unda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirlishi ma’lum qilingnadi.

Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziyalar Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilishi belgilangan edi. (keyinchalik uning vazifalari Moliya vazirligiga o‘tkazildi). Bundan tashqari, 2021-yilning kuziga qadar davlat idoralari bukmekerlik faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarini tayyorlashi kerak edi.

Biroq o‘tgan yilning aprel oyida bu normalarning barchasi prezident farmoni bilan bekor qilingandi.

O‘zbekistonda 2007-yildan buyon rasman bukmekerlar faoliyati taqiqlangan. Ammo rasmiylar ta’kidlaganidek, mahalliy qimorbozlar chet elga sayohat qilishadi yoki xorijiy platformalar orqali pul tikishadi.

Platformlara orqali pul tikishga qiziqish 2020 yilgi karantin paytida ortdi. Xorijiy idoralar talabni payqab, O‘zbekistondan tariflarni qabul qilishni norasmiy tashkil qildi. Bundan tashqari, firmalarining oflayn vositachilari paydo bo‘ldi.

Xorijiy bukmekerlar O‘zbekiston bozorini istiqbolli deb baholadi. Mamlakatda bir nechta kompaniyalar ochilishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Masalan, 2021-yil may oyida Fonbet Toshkentda kadrlar yollanishini e’lon qildi, avgust oyida esa savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi.