“OPEK+” davlatlari 2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha jami neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.

Kelishuvga ko‘ra, kuniga 41,8 mln barrel o‘rniga OPEK+ davlatlari 2024 yildan boshlab kuniga 40,4 mln barreldan ko‘p bo‘lmagan, ya’ni kuniga deyarli 1,4 mln barrelga kam neft qazib olishadi.

Qaror neft bozorida barqarorlikka erishish va uni saqlab qolish, uzoq muddatli bashorat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida qabul qilingan, deyiladi tashkilot bayonotida.

Saudiya Arabistoni Energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon alyansning harakatlari bozorni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlardan xedjlash hisoblanadi.

Saudiya Arabistonining OPEK+ doirasida 2024-yil uchun kvotasi kuniga 10,5 mln barrelni tashkil qiladi. Rossiya qzib olishni kuniga 9,8 mlnn barrelgacha qisqartiradi.

OPEK+ 2020-yil may oyida pandemiya sabab neftga bo‘lgan talabning pasayishi tufayli neft qazib olishni kuniga 9,7 mln barrelga qisqartirdi.

2022-yil avgust oyidan boshlab alyans ushbu qisqartirishdan chiqishning yakuniy bosqichiga o‘tdi, biroq noyabr oyidan boshlab u yana ishlab chiqarishni avgust oyidagi maksimal darajadan kuniga 2 mln barrelga qisqartirishga kelishib olishdi. Ushbu qaror 2023-yil oxirigacha amal qiladi.

OPEK+ vazirlarining navbatdagi uchrashuvi 26-noyabr kuni Venada bo‘lib o‘tadi.


Avvalroq “Spot” “Gazprom” O‘zbekistonga 300 ming tonna neft yetkazib berishi haqida yozgandi.