Sug‘urta Bozor qanday qilib kuniga 5ta polisdan 100tagacha o‘sdi va $100 ming sarmoya oldi?

Kompaniya hammuassislari Tigran Bekmullin va Azizbek Qurbonov Spot’ga marketpleysni yaratish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani, mijozlar bilan oddiy va tushunarli muloqotning ahamiyati hamda O‘zbekiston sug‘urta bozori muammolari haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda Telegram reklamasi qancha turadi: eng qimmat kanallar reytingi va ekspertlar fikri

We Digital, Tanish Bilish va Venkon Communications agentliklari eng qimmat Telegram-kanallari, narx qanday shakllanayotgani va qaysi sohalarda haligacha kontent yetarli emasligi haqida so‘zlab berishdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Spot avgust oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: SQLite

Ushbu to‘plam SQLite ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Sodir Melibayev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
    U shu kungacha Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
  2. 14ta OTMda masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi.
    6 800 dan ziyod abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirgan.
  3. Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi kamaydi.
    Olti oyda O‘zbekistonga xorijdan $5,2 mlrd pul o‘tkazmalari amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,2%ga kamayish kuzatilgan.
  4. O‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni qanday onlayn jo‘natish mumkin? Qo‘llanma.
    Bunda transfer.edu.uz platformasi orqali davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz platformasi orqali esa xorijiy va nodavlat universitetdan davlat OTMlariga “perevod” qilish mumkin.
  5. Germaniyada o‘tkaziladigan Yosh tadbirkorlar dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda o‘zbekistonlik yosh biznes vakillari ham ishtirok etishi mumkin. Dastur 3 bosqichdan iborat, eng yaxshi loyiha ishtirokchilari Berlinda o‘tkaziladigan konferensiyaga tanlab olinadi.
  6. Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi. Ruxsatnomani qanday olish mumkin?.
    Imtihonlar kuniga ikki smenada o‘tkazilib, birinchi smena 08:00—11:00da, ikkinchi smena esa 15:00—18:00da bo‘lib o‘tadi.
  7. 1-avgustdan nafaqa miqdori oshiriladi.
    Shuningdek, ish staji to‘liq bo‘lmaganlar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi hamda nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarni parvarish qiluvchilar nafaqasi oshirilmoqda.
  8. Xotin-qizlarga kollej va texnikumlarning 5 ta sohasi bo‘yicha grant berilishi mumkin.
    Shuningdek, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan kollej va texnikum o‘quvchi-qizlarining masofaviy ta’lim olishlariga ruxsat beriladi.
  9. Yaponiya universiteti MEXT stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Qabul qilingan talabalar 100% o‘qish to‘lovidan ozod etilib, yashash xarajatlari uchun oylik $1000 miqdorida stipendiya beriladi.
  10. Unistream O‘zbekistonda o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.
    Mamlakatga pul o‘tkazmalari limitlari oshirilib, bir martalik tranzaksiya hajmi 16,5 mln so‘mgacha, oylik limiti esa 165 mln so‘mgacha yetadi.