22-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Xonobod tepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Yashnobod tumani: “Arg‘in” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 15:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

21-avgust kuni Toshkentning Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi o‘chirilgandi.

Avvalroq elektr energiyasini shartnomada belgilangan hajmlardan ortiqcha iste’mol qilgan tadbirkorlarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish amaliyoti tugatilishi ma’lum qilingandi.