23-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani: “Nurliyo‘l” hamda “Gulbog‘” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Uchtepa tumani: “Diyorobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

22-avgust kuni Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti bo‘lmagandi.